Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:25

"Paxtakor" Dohada "Laxviya"ga mag'lub bo'ldi


Toshkentning "Paxtakor" futbol klubi 3 aprel kuni mehmonda Qatarning "Laxviya" klubiga 3:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

O'yin Osiyo Chempionlar ligasi-2013 musobaqasining guruh bosqich 3-turi doirasida bo'lib o'tdi.

Doha shahrida o'tgan o'yinda hisobni mezbonlar ochib berdi. 21-daqiqada "Laxviya"ning senegallik hujumchisi Issiar Dia jarima maydoni tashqarisidan turib Temur Jo'rayev darvozasini ishg'ol etdi.

O'yinning 40-daqiqasida esa "Paxtakor" hisobni tenglashtirdi. Mehmonlar goliga G'ulom O'runov mualliflik qildi.

Ammo o'yinning so'nggi daqiqalarida "Laxviya" hujumchisi Sebastyan Soriya dubl ijro etib, hisobni 3:1 ga yetkazdi. Gollar 85 va 90-daqiqalarda kiritildi.



3 aprel kuni "Paxtakor" bellashayotgan "G" guruhidagi ikkinchi juftlik o'yinlari ham bo'lib o'tdi. Unda BAAning "Al Shabab" klubi o'z uyida Saudiyaning "Al Ittifoq" jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etdi.

3 turdan so'ng 6 ochko jamg'argan "Paxtakor" jamoasi guruhda ikkinchi o'rinda bormoqda. Birinchi o'rinda 7 ochko to'plagan "Laxviya" o'rin olgan.

Guruh bosqichining 9 aprel kuni o'tadigan 4-tur uchrashuvida "Paxtakor" Toshkentda "Laxviya"nig qabul qiladi.
XS
SM
MD
LG