Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:06

Grozniydagi eng baland imorat yonib ketdi


Checheniston poytaxti Grozniy shahrida yangi qurilgan hashamatli "Grozniy-Siti" majmuasiga kiruvchi ko'p qavatli bino 3 aprel kuni yong'in ichida qoldi.

Mamlakat rasmiylari odamlar hali ko'chib kirmagan binoda ro'y bergan yong'indan hech kim jabr ko'rmaganini ma'lum qildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, "Olimp" nomini olgan 40 qavatli binodagi yong'inga imoratning sun'iy iqlim tizmidagi elektr liniyasida chiqqan qisqa tutashuv sabab bo'lgan.

Chechenistondagi eng baland imorat ekani aytilayotgan 154 metrli "Olimp" binosining faqat ustki qoplamasi yongani, inshootning asosiy konstruksiya esa shikast yemagani aytilmoqda.

Respublika prezidenti Ramzan Qodirov Instagram online tarmog'idagi sahifasi orqali yon'gin yuz bergan binoni tez kunlarda qayta ta'mirdan o'tishini va uning yangi qiyofasi oldingidan ham ko'rkam bo'lishini ma'lum qildi.

- Yaratganning yordami bilan biz binoni qayta ta'mirlaymiz va u oldingisiga qaraganda yanada ko'rkamroq va yaxshiroq bo'ladi, [qurilishda] yangi texnologiyalar jalb etiladi, uning yonida esa Gorzniy Siti 2 chiroyli baland imoratlar majmuasining o'rin oladi, - deb yozdi chechen rahbari.

Grozniy shahri markazida joylashgan "Grozniy-Siti" ko'p qavatli imoratlar majmuasi 2011 yilda qurilgan. Majmua jami 7 ko'p qavatli binoni o'z ichiga oladi.

XS
SM
MD
LG