Линклар

logo-print
Facebook ijtimoiy tarmog'i va HTC mobil telefonlar shirkati 4 aprel kuni birgalikda ishlab chiqargan HTC First smartfonini taqdim etishdi.

Dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga mo'ljallangan apparatning narxi (operator tarif rejasi bilan) 100 dollar bo'lishi aytilmoqda.

Facebook smartfoni tarmoq foydalanuvchilari uchun moslashtirilgan Android operatsion tizimi asosida ishlaydi.
O'zgartirilgan Android tizimiga Facebook mobil dasturlari va xizmatlari oldindan o'rnatilgan bo'ladi.
HTC First bosh sahifasida foydalanuvchining Facebook lentasidagi so'nggi yangilanishlar ko'rsatilib turadi. Foydalanuvchi oldindan o'rnatilgan Facebook Messenger dasturi orqali tarmoqdagi do'stlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotda bo'lishi mumkin.
Apparat kamerasiga olingan suratlar esa avtomatik ravishda foydalanuvchining Facebook sahifasiga to'g'ridan-to'g'ri yuklash funksiyasi ham bor.

Facebook o'tgan yili sotib oltgan Instagram xizmati ham smartfonga oldindan o'rnatilgan bo'lishi aytilmoqda.

HTC First ikki yadrolik Snapdragon 400 protsessoriga ega. Uning ekrani 4,3 dyuym, operativ xotirasi bir gigabayt, ichki xotirasi esa 16 gigabaytdir.

Facebook smartfoni savdoga 12 aprel kuni chiqadi. AQShda apparat AT&T mobil operatori, Yevropada esa Orange va EE operatorlari orqali sotiladi.

Ijtimoiy tarmoq statistikaga ko'ra, o'zbekistonlik Facebook foydalanuvchilari soni 160 mingga yetgan. Ularning 64 foizi erkaklar, 36 foizi esa ayollardir.
Aziz mushtariy, siz Facebook smartfonini sotib olarmidingiz?

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG