Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:14

UzGazOil yonilg‘i quyish shoxobchalari qayta ochilmoqda


Poytaxt Toshkent va viloyatlarda benzin taqchilligi sababkb yopilgan UzGazOil avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari qaytadan ochilmoqda. Lekin hozircha poytaxt Toshkent va ayrim viloyat markazlaridagina benzin ta‘minoti yaxshilangan, lekin boshqa joylarda benzin taqchilligi muammosi to‘laligicha barham topmagan.

Toshkentning Yunusobod tumanidagi UzGazOil shirkatiga qarashli AYoQSh xodimi benzin belgilangan narxda cheklovsiz sotilayotganini aytdi.

Toshkentda UzGazOil AYoQShlari avvalroq faqat ertalablari ishlab, benzin tugab qolgani bois, tushdan keyin yopib qo‘yilar, ba‘zilari umuman ishlamayotgan edi.

Viloyatlarda esa o‘tgan yili benzin taqchilligi bois UzGazOil o‘z shoxobchalarini vaqtincha yopgan edi.

UzGazOil shirkati endi chetdan benzin import qilish yo‘li bilan butun mamlakatdagi zapravkalarining uzluksiz ishlashini ta‘minlashga urinmoqda.

- Endi o‘zimizniki tugab qolsa, chetdan kelayotgan kommercheskiy importniy benzinni sotishadi, xudo xohlasa endi muammo bo‘lmaydi -deydi UzGazOil shirkatining o‘z ismini aytmagan mas‘ullaridan biri.

O‘zbekistonda hozir mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilayotgan AI-93 va AI-95 markali benzinning bir litri 1.645 so‘m.

Lekin, Rossiyadan keltirilayotgan AI-80 benzinining litri 2700 so‘mdan sotilmoqda.

-2700 so‘mga sotilayotgani sifatli benzin, narxiga loyiq. O‘zimizning arzon benzinning 10 litri bilan 100 kilometr yursangiz, bunisida 150 bemalol yurasiz. Motorga ham yaxshi, - deydi Toshkentdagi AYoQSh xodimi.

UzGazOil o‘tgan haftada Rossiyadan benzin va dizel yonilg‘isini import qilishni boshlagani va bu benzin allaqachon Qashqadaryo, Samarqand va Buxoro avtozapravkalarida sotila boshlagani haqda avvalroq ma‘lum qilgan edi.

- Buxoroda ancha yaxshilanib qoldi benzin masalasi, so‘nggi bir oy ichida taqchillik sezmayapman, -deydi buxorolik haydovchi Obid aka.

Bizda benzinni bodring sotganday ko‘chada sotishyapti

Lekin, hozircha poytaxt Toshkent va ayrim viloyat markazlaridagina benzin ta‘minoti yaxshilangan, lekin boshqa joylarda benzin taqchilligi to‘laligicha barham topmagan.

- Benzin ertalab zapravkaga kelishi bilan qo‘lga o‘tib ketyapti. Ertalab borib olsangiz - olasiz, keyin tugab qoladi. Qo‘ldan 3000 so‘mga olishga to‘g‘ri keladi, - deydi g‘ijduvonlik fermer Elmurod.

Qashqadaryoda ham benzin ta‘minotidagi uzilishlar odatiy hol. Davlat narxi 1.645 so‘m bo‘lgan benzinni chayqovchilar ikki, uch baravar narxda sotishadi.

- Zapravkada benzin sotilmay qo‘yganiga ancha bo‘ladi. Faqat ko‘chada, odamlar bodring, piyoz sotganday baklashkalarni terib qo‘yib benzin sotib o‘tirishadi.
Zapravkada benzin sotilmay qo‘yganiga ancha bo‘ladi. Faqat ko‘chada, odamlar bodring, piyoz sotganday baklashkalarni terib qo‘yib benzin sotib o‘tirishadi.

Xorazmda esa avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarida benzin “shapka” bilan sotilmoqda.

- Zapravkalarga kelayotgan benzin qo‘shimcha narxlarda sotilmoqda. 10 litr olsang 2000 so‘m, 20 litr 2200 so‘m, 30 litr so‘rasang narxi 2500 so‘mga chiqadi. Buni nazorat qiladigan hech kim yo‘q. Har kim xon¸ o‘zi sulton. Aftidan, shu benzinfurushlarni o‘zlari ataylab shunday defitsitni yaratishyapti, pul qilish uchun, - deydi xorazmlik huquq faoli Hayitboy Yoqubov.

O‘zbekiston o‘z neft zahiralariga ega bo‘lsa-da, mavjud tabiiy resurslari o‘z ichki ehtiyojini qondirish darajasida benzin ishlab chiqarishga imkon bermasligi aytiladi.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston aholining benzinga bo‘lgan extiyojini qondirish uchun chetdan yiliga kamida 4 million tonnadan ortiq benzin sotib olishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
XS
SM
MD
LG