Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:30

“MTS-O‘zbekiston” yana yutqazib qo‘ydi


“O‘zdunrobita” mobil operatori kompaniyasining litsenziyadan mahrum qilingani haqidagi da‘vo arizasini qondirmadi. Bundan so‘ng “O‘zdunrobita” O‘zbekiston Xo‘jalik ishlari bo‘yicha sudi prezidiumiga nazorat tartibida bir marta shikoyat qila oladi, xolos.

4 aprel kuni O‘zbekiston Oliy xo‘jalik sudining kassatsiya kollegiyasi “O‘zdunrobita” shirkatining mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatish uchun berilgan litsenziyasi noqonuniy olib qo‘yilgani haqidagi shikoyat arizasini qondirmadi.

Bundan so‘ng, “O‘zdunrobita” O‘zbekiston Oliy xo‘jalik sudining prezidiumiga sudning kassatsiya kengashi qarori ustidan norozilik bildirib so‘nggi marta shikoyat arizasi kiritish mumkin.

“MTS” shirkatining matbuot xizmati rahbari Irina Agarkovaning Ozodlikka aytishicha, hozircha kompaniya bu xususda ma‘lumot berishdan tiyilib turadi:

- Biz bu xabarni bugun oldik. Hozircha hech qanday sharh bera olmaymiz. Bizga maktub yozing, xabar beramiz,- dedi Irina Agarkova.

Shirkatning Toshkentda ishlagan xodimlaridan birining mikrofonsiz suhbatda aytishicha, hali umidlar butunlay uzilgani yo‘q:

Hali MTS-O‘zbekistonni ko‘mishga shoshilmanglar


Hali yana bitta imkoniyat bor. Xo‘jalik sudi prezidiumiga nazorat tartibida shikoyat qilish mumkin. Sizga to‘g‘risini aytsam, har narsa bo‘lishi mumkin,- deydi MTS-O‘zbekiston xodimlaridan biri.

Aftidan, MTS-O‘zbekistonning taqdiriga Islom Karimovning 15 apreldagi Moskvaga tashrifi chog‘ida so‘nggi nuqta qo‘yiladi. Kuzatuvchilar fikricha,ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan muzokaralardan so‘ng, MTSning O‘zbekistonda qolish-qolmasligi hal bo‘ladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi o‘tgan yili Rossiyaga qarashli MTS shirkatining O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi “O‘zdunrobita” davlatga 600 million dollar to‘lashi kerakligi haqida qaror chiqargan edi.

Mart oyi boshida "O‘zdunrobita" kreditorlari shirkatni bankrot deb tan olish haqida xo‘jalik sudiga ariza topshirgan, Toshkent shahar Xo‘jalik ishlari bo‘yicha sudining 11 mart kungi qarori bilan bu ariza ham qondirilmagan edi

Faoliyati to‘xtatilguniga qadar "O‘zdunrobita" O‘zbekistondagi eng yirik mobil aloqa operatori edi. Aloqasi mamlakatning 94 foizini qamrab oluvchi operator 9 milliondan ortiq abonentga xizmat ko‘rsatgan. Bu O‘zbekiston mobil aloqa bozorining 40 foizidan ortig‘idir.

Litsenziyasining noqonuniy olib qo‘yilganini da‘vo qilayotgan “O‘zdunrobita” shirkatining O‘zbekiston sud-huquq tizimida o‘z haqligini isbotlashi uchun so‘nggi imkoniyati qoldi.

“O‘zdunrobita” faoliyati to‘xtatilishi ortidan uning millionlab mijozi mamlakatda faoliyat yurituvchi boshqa shirkatlarga o‘tib ketdi.
XS
SM
MD
LG