Линклар

Rim Papasi Frantsisk katolik cherkovi rohiblari tomonidan balog‘atga yetmagan o‘g‘il bolalarga nisbatan jinsiy zo‘rovonlik qilish holatlariga qarshi keskin chora ko‘rish payti yetib kelgani haqida bayonot berdi.

5 mart kuni cherkov ahloqi masalalariga mutasaddi bo‘lgan arxiyepiskop Gerxard Lyudvig Myuller bilan uchrashuvi chog‘ida Rim Papasi mazkur mavzuni muhokama qildi.

Papa balog‘atga yetmaganlarni zo‘rlagan cherkov xodimlari albatta jinoiy javobgarlikka tortilishi zarurligini ta‘kidladi. Frantsisk o‘tgan oyda Papa lavozimini egallaganidan beri bu masalani birinchi marta ko‘tarib chiqdi.

Katolik cherkovi rohiblari tomonidan zo‘rlangan o‘g‘il bolalar huquqini himoya qilayotgan faollar Rim papasining bunday bayonotiga ishonchsizlik bilan munosabat bildirdi. Ularning aytishicha, katolik cherkovi bu borada gapdan ko‘ra amaliy ishga o‘tish vaqti yetib kelganini tushunib yetishi kerak.

Pedofil ruhoniylarning harakatlari oqibatida cherkovning obro‘si keskin tushib bormoqda.
XS
SM
MD
LG