Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:14

Ucell yangi Twitter Zero xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda


Ucell mobil aloqa operatori Twitter bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilk bor o‘z mijozlariga bepul Twitter Zero yangi xizmat turi yo‘lga qo‘yilayotganini e‘lon qildi.

Ucell ning Internetdagi saytida shirkat o‘z abonentlari qo‘l telefonlari orqali https://mobile.twitter.com/ sahifasini ochish bilan saytning mobil versiyasiga o‘tishi ma‘lum qilingan.

Saytning mobil versiyasidan foydalanuvchilar esa Tvitlar jo‘natish va o‘qish, boshqalar sahifasiga obuna bo‘lish, o‘z obunachilarini ko‘rish, shaxsiy xabarlar jo‘natish, xabarlarga javob berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ucell shartlariga ko‘ra, abonent Twitter Zero xizmatidan foydalanayotganida telefon ishlab chiqaruvchining brauzeri bilan ishlaydi.

Xizmat faqat Prepaid tizimi abonentlari uchun amal qiladi.

Twitter Zero xizmati xorijda, xalqaro roumingda bo‘lgan abonentlar uchun amal qilmaydi.

Twitter mikrobloglar xizmati O'zbekistonda borgan sari mashhurlashib bormoqda. Eng mashhur o'zbekistonlik Twitter foydalanuvchisi esa prezident Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimovadir. Ayni damda uning mikroblogiga 27 mingdan oshiq kishi obuna bo'lgan.
XS
SM
MD
LG