Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:52

Bahs maydoni: “Odnoklassniki” o‘zbek yoshlari uchun foydalimi yo ziyonli?


Ozodlikning navbatdagi Bahs maydoniga “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ining o‘zbek yoshlariga foydasi borligini iddao qiluvchilar va bu fikrga qarshilarni taklif etamiz.

O‘zbekistonlik foydalanuvchilarning virtual olamdagi eng ommabop ijtimoiy tarmog‘i sanalgan “Odnoklassniki” sayti 4 aprel kuni oqshom ishdan chiqdi.

Oradan 3 kun o‘tib ham sayt hali o‘ziga kelgani yo‘q, juda ko‘p funktsiyalari ishlamayapti.

Saytning ishdan chiqishi ortidan bu tarmoqqa ulangan millionlab o‘zbekistonliklar ham do‘stlari, yaqinlari va biznes aloqalaridan uzilib qoldi.

“Odnoklassniki” ishdan chiqqani haqidagi maqola Ozodlik saytiga qo‘yilganidan so‘ng ba‘zi mushtariylar do‘ppisini osmonga otib, xursand bo‘lganliklarini yozdilar:

“Juda bop ish buptida, kimmi karaseng kulida tilipun kitir-kitir, kitir-kitir, eee salumat busillar-e!”

yoki

“odnoklasniki kup oilalarning buzilishiga sabab buliyapti. bexaye profillar va umuman nomokul gruxlar kupayib ketdi.ayniksa bazi bir kiz bolalarning nomunosib xarakatlari yoki bolalar bilan nojuya tanishuvlari .....”

Biroq ba‘zi mushtariylar “Odnoklassniki”ning ishdan chiqqani haqidagi xabarni motam sifatida qabul qilganliklari ularning sharhlaridan ham bilinib turdi:

“Men umrimda bir kiz bilan, endi tanishyatudim. Endi nima bolarkiyen deb oyelanib koldim! Bu sayet e'lon kilishi shart edi shunaka axvol bolishi togrisida!”

yoki

“juda yomon boldi Ok o'chani umuman bizneslar qolibketdi xisobodlar endi nima boladi ilohim tezro ochilsin ishga tushsin” (sharhlar orfografiyasi aslida qanday bo‘lsa, shundayligicha berilmoqda - Ozodlik)

Navbatdagi Bahs maydonida “Odnoklassniki” tarafdorlarining nima sababdan qayg‘uga botganliklari, unga qarshilarning nega xursand bo‘lib ketganliklari xususida munozara yuritiladi.

Xo‘sh, bu ijtimoiy tarmoq o‘zbek yoshlariga foyda keltirayaptimi yoki ziyon?

Bahs 9 aprel, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 17 da assadrskype manzilida o‘tkaziladi. Siz bu bahsda bevosita o‘z fikrlaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin. Buning uchun sharh qoldiring va siz bilan qanday bog‘lanish mumkinligini yozing. Shuningdek, bahsda qatnashish istagini bildirgan mushtariylar sadriddin61@gmail.com elektron manziliga maktub yuborishi yoxud +420775150584 telefon raqamiga SMS qoldirishi mumkin. Biz siz bilan bog‘lanamiz.
XS
SM
MD
LG