Линклар

Bugun, 9 aprel kuni Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichi bellashuvlari doirasida o‘z uyida Qatarning “Lahviya” jamoasini qabul qiladi.

“Paxtakor” markaziy stadionida o‘tadigan o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

3 aprel kuni Dohada o‘tgan uchrashuvda toshkentliklar “Laxviya”ga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgan edi.

Kecha o‘tkazilgan o‘yin oldi matbuot anjumanida “Paxtakor” bosh murabbiyi Murod Ismoilov shogirdlari bugun faqat g‘alaba uchun maydonga tushishini ta‘kidlab o‘tdi.

Osiyo Chempionlar ligasining “G” guruhida bellashayotgan “Paxtakor” jamoasi uch o‘yinda 6 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi pog‘onani 7 ochko to‘plagan “Lahviya” jamaosi egallagan.
XS
SM
MD
LG