Линклар

Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari xabarlarida “mahalliy jinoiy guruh lideri “Karatist” laqabli Avaz”, deb ta‘riflangan, 2010 yil iyunida bo‘lib o‘tgan O‘sh voqealari davomida esa mahalladoshlari himoyachisi sifatida tanilgan 54 yashar o‘shlik Avaz Dovudov, yaqinlarining aytishicha, 1 apreldan beri bedarak.

Ma‘lum bo‘lishicha, O‘sh voqealaridan so‘ng 8 oy qamalib chiqqan va oilasi bilan Moskvada yashayotgan 54 yoshli Avaz Dovudovning qo‘l telefoni bir necha kun oldin Qozonda topilgan.

Avaz-karatist bilan bog‘liq “qandaydir fojea” yuz bergani to‘g‘risidagi bir necha xabar Ozodlikka tinglovchilardan yetib keldi. Ma‘lum bo‘lishicha, u 1 aprel kuni Moskvadagi uyidan chiqib ketgancha bedarak ketgan.

Avaz Dovudovning qizi Nasiba otasini oxirgi marta 1 aprel kuni ko‘rganini aytar ekan, mana bunday dedi:

- 1 aprel kuni chiqib ketgan kunduzgi soat 3da. Men ishlaydigan savdo markaziga kelgan. Savdo markaziga kelib u yerdan ikkita sim karta olib chiqqan. Chiqib Dilmurod degan bola bilan uchrashuvga chiqqan. Savdo markazidan chiqib ketib shu bo‘yicha yo‘qolib qolgan. Telefoni o‘chgan. 3.36 oxirgi zvonok bo‘lgan. Dilmurod dadamga qilgan. Shu bilan telefoni o‘chgan.

Ozodlik: Dilmurodni siz taniysizmi?

- Tanimayman. Dilmurodni taniydiganlar bor,- deydi Avaz Dovudovning singlisi Nasiba.

Avaz Dovudovning O‘shda yashaydigan onasi Aziza opaning aytishicha, 5 aprel kuni o‘g‘liing tug‘ilgan kuni bo‘lgan.

- 5 aprel tug‘ilgan kuni edi. Hech unaqa yo‘qolmas edi, deydi Aziza opa va Avaz Dovudovning o‘g‘li Baxtiyor otasini izlab Moskvaga uchganini ham ma‘lum qildi.

Ozodlik "Avaz-karatist" degan laqab bilan tanilgan o‘shlik o‘zbek taqdiriga oid boshqa tafsilotlarni bilish uchun uning o‘g‘li Baxtiyor bilan ham bog‘landi.

- Ma‘lumot hali-beri bo‘lmayapti. Dilmurod degan inson bor ekan bu yerda. Shu inson bilan uchrashgani chiqib ketgani bo‘yicha yo‘q.

Ozodlik: Demak, hech qayerdan hech qanaqa darak yo‘q.

- Telefoni ham o‘chgan. Dadamning telefoni 6 aprel kuni Qozondan topilayapti.

Ozodlik: Kim topdi uni?

- Qozondan bir xotin telefon qilib “Shu telefonni topib oldim men” dedi. Uni olib zvonoklarni raspechatka qildik biz. Men Dilmurodga o‘zim telefon qilgan edim. “Dadam siz bilan uchrashgani ketgan ekan. Shundan keyin yo‘qolib qoldi” desam, “Menga dadangiz bir marta qilgan edi” dedi. “Qaysi nomerdan qilgan edi?” desam, “Menga notanish nomerdan qildi. Shu bo‘yicha boshqa gaplashmadik, uchrashmadik ham” dedi. Biz detalizatsiya qilganimizdan keyin qarasam bu yerda to‘rtta nomer imenno Dilmurodning nomeri chiqayapti. Dadam qilmagan ekan, dadamga qilayotgan ekan bu bola. To‘rt marta qilgan ekan.

Ozodlik: Qozondan dadangizning telefonidan kimdir sizga telefon qildimi?

- Menga qilmadi. Tramvay minadigan xotin ekan. Tramvayning ichidan topib olibdi telefonni,- deydi Baxtiyor.

Moskvada yashab yurgan otasining telefoni nima uchun Qozon shahridan topiladi? Baxtiyorning bu savolga javobi yo‘q hozircha.

Baxtiyor Moskvadagi barcha kasalxonalaru morglar bilan ham bog‘langani, lekin bu muassalalardan ham otasining daragi chiqmaganini aytdi.

Avaz Dovudovning ismi Qirg‘izistondagi axborot vositalarida 2010 yil iyun fojayesidan so‘ng paydo bo‘lgan va o‘shanda u “mahalliy jinoiy guruh lideri”, deb ta‘riflangan edi.

O‘shlik inson huquqlari himoyachisi Izzatullo Rahmatullayevning fikricha, axborot vositalari bergan bunday ta‘rif uchun asos yo‘q ham deb bo‘lmaydi.

- "Avaz-karatist" o‘z davrida bu yerda razborshik (odamlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni jinoyat olami qonunlariga ko‘ra hal qilib beradigan kishi-tahr.) bo‘lib, qanchasining jag‘ini sindirgan. Biz huquq himoyachilari o‘z vaqtida buning ustidan necha marta arzlarni bergan edik,- deydi inson huquqlari himoyachisi.

Biroq Avaz Dovudovning qo‘shnisi u haqda yaxshi fikr bildirdi.

- U bola juda yaxshi esli bola. Kriminalga nima qilmaydi. Namozxon, besh mahal namoz o‘qiydi. Mahallada hammani namozda kutadi, birovning haqidan qo‘rqadi. Burun endi karatist bo‘lib, sportsmenda bularning oilasi, bolasi shunaqa sportsmen. Ota-onasini hajga jo‘natib, juda yaxshi bola. yomon tarafini bilolmaymiz,- deydi Avaz Dovudovning qo‘shnisi.

Ba‘zilar “kriminal”, boshqalar esa, “namozxon”, deb ta‘riflayotgan “Karatist” laqabli Avaz Dovudov 2010 yil iyun voqealaridan so‘ng ham o‘shliklar, ham mahalliy matbuot tiliga tushgan edi.

Axborot vositalari huquq-tartibot organlari ma‘lumotiga tayanib, “Avaz-karatistning qurol yashirgani, kishilarni garovga olgani” to‘g‘risida yozgan, u qariyb 1 yil qamalib chiqqan edi.

Inson huquqlari himoyachisi Izzatullo Rahmatullayev esa, Avaz- karatist bilan bog‘liq 2010 yilgi voqea to‘g‘risida bunday dedi:

- O‘zining mahallasida bo‘ladi iyun voqeasida. Podjigatel ikkitasini ushlab komendanturaga olib borib topshirgandan keyin ular kelib bularning ustidan ariza yozib, bular o‘zlari gunohkor bo‘lib qolib qamalib o‘tirib chiqdi taxminan 7-8 oy, dedi Izzatullo Rahmatullayev.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG