Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:24

Yevropa Chempionlar ligasining ilk yarim finalchilari aniqlandi


Madridning "Real" va Dortmundning "Borussiya" futbol klublari Yevropa Chempionlar ligasi-2013 belleashuvining yarim finaliga ilk yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

"Real" 9 aprel kuni Istanbulda mahalliy "Galatasaray"ga qarshi o'tgan chorak final javob uchrashuvida 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'yinda madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldi dubl ijro etdi, mezbonlar gollariga esa Emmanuel Ebuye, Uesli Sneyder va Didye Drogbalar mualliflik qilishdi.

Istanbuldagi mag'libyatga qaramay, "Real" 3 aprel kuni o'z uyida 3:0 hisobida g'alaba qozongani uchun musobaqa yarim finaliga chiqdi.


9 aprel kuni o'tgan yana bir chorak final javob uchrashuvida "Borussiya" o'z maydonida "Malaga"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvning so'nggiga qadar 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgan dortmundliklar futbol tarixida misli ko'rilmagan natija - hakam tarafidan o'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan 4 daqiqa ichida ikkita gol urib, hisobni 3:2 ga yetkazishga muvaffaq bo'lishdi.



Bugun, 10 aprel kuni Chempionlar ligasining yana qolgan ikki juftligi - "Barselona" va "PSJ" hamda "Yuventus" va "Bavariya" jamoalari bellashadi. "Bavariya" Myunxenda o'tgan birinchi o'yinda "Yuventus" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozongan. "Barsa" esa Parijda "PSJ" bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan edi.

Eslatamiz, bugun Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi bellashuvlari doirasida Pekinda mahalliy "Beytzin Guoan" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
XS
SM
MD
LG