Линклар

Toshkentning "Bunyokdkor" futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi bellashuvlari doirasida Pekinda mahalliy "Beytszin Guoan" jamoasi ustidan 0:1 hisobida g'alaba qozondi.

O‘yin Xitoyning eng katta futbol arenalaridan biri hisoblanmish “Ishchilar stadioni"da 10 aprel kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdagi yagona golga 31-daqiqada "qaldirdg'ochlar" yarim himoyachisi Fozil Musayev mualliflik qildi.

"Bunyodkor"ning navbatdagi hujumidan so'ng mezbonlar darvozasi oldida yuzaga kelgan pala-partishlikdan foydalangan Musayev yaqin masofadan raqib darvozasini ishg'ol eta oldi.


Mirjalol Qosimov shogirdlari bellashayotgan “G” guruhidagi ikkinchi juftlik o‘yinida Janubiy Koreyaning “Pohang Stilers” klubi o'z maydonida Yaponiyaning “Sanfrechche Xirosima” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

“Bunyodkor” to'rt turdan so‘ng 8 ochko to‘plab, “G” guruhida peshqadamlikni saqlab qolmdi.
XS
SM
MD
LG