Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:49

Terri Jons yana Qur‘onni yoqmoqchi


Amerikalik pastor Terri Jons
Amerikalik pastor Terri Jons
O‘zining islomga qarshi radikal kayfiyati bilan tanilgan amerikalik pastor Terri Jons Qur‘onni ommaviy yoqish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar berdi Washington Times gazetasi.

“2013 yilning 11 sentyabrida biz radikal islomchilar tomonidan o‘ldirilgan odamlarni xotirlash maqsadida Qur‘onning 2998 nusxasini yoqamiz”, deb aytiladi Terri Jons rahbarlik qilayotgan “Amerika, oyoqqa tur!” tashkiloti bayonotida.

Ma‘lumotda aytilishicha, Qur‘onga o‘t qo‘yish tadbiri Florida shtatining Tampa-Bey shahrida o‘tkaziladi. Yoqiladigan Qur‘on nusxalari soni 2001 yilning 11 sentyabrida Nyu Yorkda sodir etilgan terrorchilik harakatida qurbon bo‘lganlar soni bilan teng.

Terri Jons 2011 va 2012 yillarda ham Qur‘onni yoqish tadbirlarini o‘tkazgan edi. Uning harakatlari xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin qoralangan.
XS
SM
MD
LG