Линклар

O‘zbekistonda strategik ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarini ta‘mirlash uchun 46 milliard 546 million so‘m ajratiladi.

O‘zbekiston vazirlar mahkamasining qarorida aytilishicha, bu mablag‘ hisobiga Toshkent–Qo‘qon–Andijon, G‘uzor–Nukus–Qo‘ng‘irot–Beynov, Toshkent–Chinoz–Guliston avtomagistrallarida, Toshkent–Termiz yo‘nalishida, Toshkent halqa yo‘lida ta‘mirlash ishlari olib boriladi.

Qaror bilan 2013 yil 1 maygacha bo‘lgan bir oylik muddatda ta‘mirlanuvchi ob‘ektlar uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tanlov savdolari o‘tkazish hamda yangi qurila boshlangan ob‘ektlar bo‘yicha pudrat shartnomalarini tuzish topshirilgan.
XS
SM
MD
LG