Линклар

logo-print
Ispaniyaning "Barselona" va Germaniyaning "Bavariya" futbol klublari Yevropa Chempionlar ligasi yarim finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

10 aprel kuni o'tgan chorak final so'nggi uchrashuvlarida "Barsa" o'y maydonida Parijning "PSJ" jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi va safar o'yinida nisbatan ko'proq gol urgani uchun (2:2) yarim finalga chiqdi.

Uchrashuvdagi gollarga "PSJ"dan Xavyer Pastore, "Barsa"dan esa Pedro Rodrigeslar mualliflik qilishdi.

"Bavariya" esa safarda Turinning "Yuventus" jamoasini 0:2 hisobida mag'lub etdi. Gollarga Mario Manjukich va Klaudio Pissarolar tarafidan kiritildi. Chorak final birinchi o'yinida ham 2:0 hisobida myunxenliklar qo'li baland kelgan edi.



Shunday qilib, Yevropa chempionlar ligasi-2013 musobaqasining yarim finaliga Dortmundning "Borussiya", Madridning "Barselona", Myunxenning "Bavariya" va "Barselona" jamoalari chiqishdi.

Yarim final juftliklari uchun qur'a tashlash marosimi 12 aprel kuni o'tkaziladi.
XS
SM
MD
LG