Линклар

Yaponiyaning to‘rt yirik avtomobil shirkati avval sotilgan deyarli uch yarim million avtomashinani xavfsizlik yostiqchalarida nosozlik aniqlangani uchun chaqirtirib oldi.

Bu haqda Toyota, Nissan, Honda va Mazda shirkatlari bayonot tarqatdi. Nosozliklar asosan 2000-2004 yillar davomida sotuvga chiqarilgan avtomashinalarda aniqlangan.

Nosoz xavfsizlik yostiqchalari ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi Takata shirkati mahsuloti ekani aytilmoqda. Mazkur avtomobillar sotuvga chiqarilganidan beri xafsizlik yostiqchasi yorilib ketgan 5 holat sodir bo‘lgan. Mazkur holatlarda hech kim jabrlangan emas.
XS
SM
MD
LG