Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:07

O‘zbekiston FIFA reytingida 7 pog‘ona pastladi


FIFA e‘lon qilgan milliy terma jamoalar yangi reytingida O‘zbekiston 66-o‘rinni egalladi.

Bu O‘zbekiston milliy terma jamoasining bir oy avvalgi reytingidan 7 pog‘ona pastdir.

Yaponiya terma jamoasi 29-o‘rinni egallab Osiyo mintaqasida eng kuchli bo‘lib turibdi. Janubiy Koreya 42, Avstraliya 46, Eron terma jamoasi esa 56-o‘rinlarni egallagan.

Osiyoning kuchli uchligi o'tgan oyga nisbatan o'zgarmadi - birinchi o'rinda Yaponiya, ikkinchi Janubiy Koreya va uchinchi pog'onada Avstraliya.

FIFAning jahon reytingi birinchi uchtaligida o'zgarishlar bo'lgani yo'q - birinchi Ispaniya, ikkinchi Germaniya va uchinchi Argentina terma jamoalari.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda. Qo'shni mamlakatlarga FIFA reytingi birinchi yuztaligiga kirish nasib etmadi - Tojikiston 112, Turkmaniston 131, Qirg'iziston 142, Qozog'iston 144-o'rinda.

O‘zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni olgan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi.
XS
SM
MD
LG