Линклар

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Mamajonov 61 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda kubalik Anjelo Santanani nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratib, WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.

Muhammad Ali, Mayk Tayson kabi afsonaviy bokschilarni yetishtirgan mashhur promouter Don King Bahodirning g‘alabasidan so‘ng unga birga ishlashni taklif qildi.

12 aprel kuni AQShning Nevada Shtatida Bahodir Mamajonov (13-1-0, 9KO) bilan kubalik Anjelo Santana (14-1-0, 11 KO) o‘rtasidagi boks jangi bo‘lib o‘tdi.

Professional boks kechasida hakam 12 raundlik bellashuvning to‘qqizinchi raundida jangni to‘xtatib, 24 yashar kubalik Santana texnik nokaut bilan yutqazganini e‘lon qildi.

Farg‘ona boks maktabi vakili bo‘lgan 25 yashar Bahodir Mamajonov havaskor bokschi sifatida bir qancha xalqaro va qit‘a musobaqalarida ishtirok etib, sovrindor bo‘lgan.

Ozodlik bilan suhbatda Bahodir Mamajonov o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadi yo‘lida, raqibini "sindirish"ga harakat qilgani va bunga erishgani haqida gapirdi.

Quyida Bahodir Mamajonov bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG