Линклар

logo-print

Prokuratura shu mazmundagi xatni 9 aprel kuni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy missiyasi xodimi Denis Makarovga jo‘natgan. Aynan janob Makarov missiya rahbari Gulnora Karimovaning Jenevadagi uyiga “bostirib borgan” huquq faollari ustidan Shveytsariya politsiyasiga arzlangan edi.

2 mart kuni Jenevaga inson huquqlariga bag‘ishlangan film festivalida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Mo‘tabar Tojiboyeva hamda yana bir necha faollar Karimovaning Jenevadagi uyini borib ko‘rishga uringandilar.

Internetdagi blogida Karimova xonim ham "uyiga bostirib borgan" Mo‘tabar Tojiboyeva hamda boshqa "o‘zini huquq faoli deb ataydigan kimsalar" ustidan politsiyaga arz qilishga majbur bo‘lganliklarini tasdiqlagandi.

Huquq faollari esa Karimovaning dabdabali hayot tarzi va O‘zbekistondagi ayanchli ahvolga e‘tibor qaratish maqsadida uning bir necha million dollar turadigan uyini ko‘rish uchun borishganini aytishgan.

Ammo, O‘zbekiston missiyasi xodimi deb aytilayotgan Denis Makarov o‘z shikoyatida Mo‘tabar Tojiboyeva va uning hamkasblarini diplomatik daxlsizlik maqomiga ega shaxslar mulkiga daxl qilganlikda ayblagan.

Politsiya shikoyatchi Makarov va gumondor Tojiboyevalar bilan suhbatlar o‘tkazib, o‘zbek missiyasi xodimining shikoyatlari asossiz va huquq faollari hatti harakatlarida jinoyat alomati bo‘lmagan degan xulosaga keldi.

O'zbekiston prezidenti Islom Karimov qizlari Gulnora (B) va Lola (A) Karimovalarning Jenevadagi uylari bir-biridan 2,9 km masofada joylashgan.

XS
SM
MD
LG