Линклар

logo-print
Yaponiyada Sony shirkatiga tegishli "So-net Entertainment" Internet provayderi bugungi kunda dunyodagi eng tez inernet xizmatini ishga tushirdi. Uning tezligi soniyasiga 2 gigabaytni tashkil etadi.

Nuro nomini olgan yangi xizmatning qamrov hududi Tokiyo shahri va uning atrofidagi olti prefekturani o'z ichiga oladi.

Xizmatning Internetdan yuklash tezligi 2 Gbps, Internetga yuklash teziligi 1 Gbps ni tashkil etadi. Xizmatdan shaxsiy va jismoniy mijozlar foydalana oladi.

Solishtiradigan bo'lsak, Google shirkati tarafidan 2011 yilda ishga tushirilgan Google Fiber optik tolali liniyalar asosidagi Internet tarmog'ining maksimal tezligi 1 Gbps ni tashkil etadi. Bu esa AQShda uylarda foydalanadigan Internet o'rtacha tezligidan 100 marta ko'pdir.

Nuro xizmatiga ikki yillik tarif rejasi bilan ulanish mumkin. Tarifning narxi oyiga 4 880 yen (51 AQSh dollari) turadi.

Aziz mushtariy, siz foydalanadigan Internet tezligi qancha?
XS
SM
MD
LG