Линклар

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov seshanba kuni Boston shahridagi qonli voqealar munosabati bilan AQSh prezidenti Barak Obamaga hamdardlik bildirdi.

Hozircha Boston shahrida 15 aprel kungi marafonda sodir bo‘lgan portlashlar mas‘uliyatini hech kim o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Bu haqda ma‘lum qilgan Federal tergov byurosi ayni damda voqeaning bir qancha versiyalari tekshirilayotganini bildirdi.

Dushanba kuni ro‘y bergan ikki portlashda kamida uch kishi halok bo‘ldi, 170 dan ortiq odam jarohatlandi. Qurbonlardan biri 8 yoshli bolakaydir.

Federal tergov byurosi maxsus agenti Rik DesLauriyers tergovchilar voqea joyida ashyoviy dalillarni to‘plagani, ular orasida bomba saqlangani taxmin etilayotgan qora xalta qoldiqlari borligini ma‘lum qildi.

Unga ko‘ra, Bostonda portlagan bombalar bosim ostida pishiruvchi oshxona uskunasi yordamida tayyorlangan bo‘lgan.

AQSh prezidenti Barak Obama seshanba kuni portlashlar terrorchilik akti sifatida tekshirilishini bildirdi. Obama Bostonga payshanba kuni kelishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG