Линклар

AQSh Federal tergov Byurosi 15 aprel kungi Boston marafoni paytida sodir etilgan portlashlarga aloqadorlikda gumonlangan ikki shaxsning fotosuratlarini va videotasvirlarini jamoatchilikka oshkor qildi.

Payshanba kuni e‘lon qilingan fotosuratlarda qora kurtka va beysbolka kiygan, ryukzakli ikki yosh yigit aks etgan. Federal Tergov Byurosi jamoatchilikni gumonlanuvchilarni qidirib topishga ko‘maklashuvchi ma‘lumotlar bilan o‘rtoqlashishga chaqirdi. Shuningdek, aholi gumonlanuvchilar qurollangan bo‘lishi mumkinligidan ham ogohlantiridi.

15 aprel kuni Bostoni shahridagi 20 mingdan ko‘proq odam qatnashgan xalqaro marafon paytida portlashlar sodir etilgan edi. Mazkur portlashlarda uch odam halok bo‘lgani va 170 dan ortiq odam yaralangani xabar qilingan.
XS
SM
MD
LG