Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:04

"Baho Shakar" izlari Gulnora Karimovaga olib bormoqda


Ozodlik manbasining aytishicha, Gulnora Karimova va Bahodir Karimjonov (o‘ngda) aks etgan bu rasm 2007 yil mayida olingan.
Ozodlik manbasining aytishicha, Gulnora Karimova va Bahodir Karimjonov (o‘ngda) aks etgan bu rasm 2007 yil mayida olingan.
O‘zbekistonlik taniqli tadbirkor Bahodir Karimjonovga doir yangi tafsilotlar aniqlandi. Ozodlik manbasidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, Karimjonov ishi bois Toshkentda eng yirik hisoblangan “O‘rikzor” ulgurji bozori rahbariyati qamoqqa olingan. Aytilishicha, O‘zbekistonda “Baho Shakar” laqabi bilan tanilgan yirik tadbirkor “O‘rikzor”ni prezident qizi Gulnora Karimova nomidan nazorat qilgan. Ma‘lum bo‘lishicha, sobiq “Karvon Bozori” 2009 yilda Gulnora Karimova nazoratiga o‘tgan bo‘lishi mumkin.

“O‘rikzor" ixtisoslashgan bozori" direktori Shuhrat Inoyatov va bozor ma‘muriyatining yana 6 xodimi yanvar oyi oxirlarida hibsga olingani aytilmoqda. Bu haqda Ozodlikka ma‘lum qilgan biri biridan mustaqil ikkita manbaga ko‘ra, “O‘rikzor” rahbariyati Bahodir Karimjonov O‘zbekistonni tark etishi ortidan qamoqqa olingan. “Ular jinoyat kodeksining hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste‘mol qilishda (205-modda), mansab soxtakorligida (209-modda), jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirishda (243-modda) ayblanmoqda. Ularning hammasi Bahoni deb o‘tirishibdi”, deb yozdi manbalarimizdan biri imeyl orqali.

O‘zbekistonda shakar savdosini nazorat qilgani uchun “Baho Shakar” laqabi bilan tanilgan 37 yoshli Karimjonovga nisbatan ham ayni moddalar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ozodlikning yana bir manbasi Shuhrat Inoyatov bundan 2,5-3 oy avval qamoqqa olingani to‘g‘risidagi ma‘lumotni tasdiqladi.

“O‘rikzor” bozorining hozirgi ma‘muriyati vakillari, Shuhrat Inoyatov taxminan uch oy avval direktor lavozimidan ketganini tasdiqlashdi, lekin uning qamoqqa olingani yoki qayerdaligiga oid ma‘lumotni berishmadi.

Baho Guli xonim nomidan o‘zining mablag‘i hisobiga bir qancha ob‘ektlarni ta‘mirlashda ishtirok etgani va Gulixonimning shaxsiy tadbirlarida xizmat kilib kelgani sir emas”, deb yozdi Ozodlik manbasi. (Bu rasmning orqa planida, chap tomonda Shvetsiya va Shveytsariya pul yuvganlikda ayblayotgan Gayane Avakyan)
Baho Guli xonim nomidan o‘zining mablag‘i hisobiga bir qancha ob‘ektlarni ta‘mirlashda ishtirok etgani va Gulixonimning shaxsiy tadbirlarida xizmat kilib kelgani sir emas”, deb yozdi Ozodlik manbasi. (Bu rasmning orqa planida, chap tomonda Shvetsiya va Shveytsariya pul yuvganlikda ayblayotgan Gayane Avakyan)
Ozodlik manbasining yozishicha, Bahodir Karimjonov “O‘rikzor” bozorini prezident qizi Gulnora Karimova nomidan nazorat qilib kelgan. Rasman esa, bozor direktori lavozimida Shuhrat Inoyatov bo‘lgan. O‘rtalarida yaqin aloqalar borligining tasdig‘i o‘laroq, manbamiz Gulnora Karimova va Bahodir Karimjonov birga tushgan rasmlarni ham ilova qilgan.

“B. Karimjonov va G. Karimova xonim bir-birlariga juda ham yaqin bo‘lgan. Hozirda u biznesdan chetlashtirilmadi, aksincha kola va shakar biznesi kontroli xali ham unda. Baho Guli xonim nomidan o‘zining mablag‘i hisobiga bir qancha ob‘ektlarni ta‘mirlashda ishtirok etgani va Gulixonimning shaxsiy tadbirlarida xizmat kilib kelgani sir emas”, deb yozdi Ozodlik manbasi.

Uning yozishicha, Karimjonov bilan Karimova o‘rtasiga sovuqchilik tushishiga “opaning yonida yuradigan Nurmuhammad ismli odam sabab bo‘lgan”.

“Hozir Bahoning opa bilan aloqasi joyiga tushib qolgan. Hamma gap MXX xodimlarida, ular boshida Bahoga qarshi katta ishni ochib quyib, endi hech kimning gapiga qaramasdan ishni oxirigacha yetkazishmoqchi. Lekin negadir shakar va kola ishiga aralashishmayapti. Taxminim buyicha kola va shakarga tegishmaydi, lekin Bahoning qolgan hamma biznesini kovlashmoqda. Lekin Bahoning atrofidagi butun komandasi tarqalib ketgan. Ko‘pchiligi qochib ketgan. Abdurahim, Baho kichkina, Abdumalik singari Bahoning kuchli kadrlari uning oldida. Bu yerdagi ishlarni chetdan turib boshqarib turishibdi”, deb yozadi yana Ozodlik manbasi.

Ozodlikning Birlashgan Arab Amirliklaridagi manbasiga ko‘ra, Bahodir Karimjonov hozirda Dubay shahridan qo‘nim topgan.

Bahodir Karimjonov Gulnora Karimova bilan yaqin aloqasi bo‘lgani haqida bundan avval Coca-Cola O‘zbekiston shirkatiga yaqin manba ham gapirib bergan edi.

O‘zbekistonda eng yirik hisoblangan “O‘rikzor" ixtisoslashgan bozori” 2009 yilgacha “Karvon Bozori” deb yuritilgan. Bozor nomi o‘zgarguncha uni boshqa yirik tadbirkor, etnik koreys Dmitriy Lim boshqarib kelgan.

Baho Guli xonim nomidan o‘zining mablag‘i hisobiga bir qancha ob‘ektlarni ta‘mirlashda ishtirok etgani va Gulixonimning shaxsiy tadbirlarida xizmat kilib kelgani sir emas”, deb yozdi Ozodlik manbasi.
Baho Guli xonim nomidan o‘zining mablag‘i hisobiga bir qancha ob‘ektlarni ta‘mirlashda ishtirok etgani va Gulixonimning shaxsiy tadbirlarida xizmat kilib kelgani sir emas”, deb yozdi Ozodlik manbasi.
2009 yil oxirlarida O‘zbekistonda qator yirik tadbirkoralarga nisbatan ta‘qiblar boshlanadi. O‘zbekiston prokuraturasi tomonidan davlatga yuzlab milliard so‘m miqdorida zarar keltirganlikda ayblangan Dmitriy Limga qarashli biznes ham tortib olinadi. Limning o‘zi nufuzli shaxslar aralashuvi bilan mamlakatni tark etib, AQShdan boshpana olgani aytiladi.

Ozodlik bilan 2011 yilning noyabrida gaplashgan va o‘zini “O‘rikzor” bozori ma‘muriyatining rahbarlaridan biri, deb tanishtirgan shaxs Limga qarashli “Karvon Bozori” atrofida qurilgan yirik konsern aslida davlatga emas, Gulnora Karimova nazoratiga o‘tganini gapirib bergan edi.

Bu odamning aytishicha, Lim O‘zbekistondan chiqib keta olish imkoni evaziga Gulnora Karimova foydasiga biznesi bahridan kechgan.

2010 yil boshlarida esa, suhbatdoshimizning aytishicha, Gulnora Karimova ishonchli odamlari yordamida bozor boshqaruvini boshqa guruhga topshiradi. Lekin 2011 yilga kelib, bozorning yangi ma‘muriyatiga aloqador 50dan ortiq odam ham yo qamaladi, yo mamlakatni tark etadi.

Ma‘lum bo‘lishicha, shundan keyin bozorni nazorat qilish Bahodir Karimjonovga topshiriladi va ma‘muriyat rahbarligiga Shuhrat Inoyatov tayinlanadi.

Shu yilning fevral oyida Karimjonovga nisbatan O‘zbekiston jinoyat kodeksining bir nechta moddasi bilan ish ochilib, u qidiruvga beriladi. Lekin ba‘zi xabarlarga ko‘ra, u o‘tgan yilning dekabridayoq O‘zbekistonni tark etgan.
XS
SM
MD
LG