Линклар

Boston portlashlarida gumonlanganlar qirg‘izistonlik chechenlar bo‘lgan


Huquq-tartibot idoralari vakillari gumonlanuvchilar aka-uka bo‘lganini ma‘lum qildi.

Huquq-tartibot idoralari vakillari gumonlanuvchilar aka-uka bo‘lganini ma‘lum qildi.

AQSh agentliklarining xabar qilishicha, Bostondagi marafonda ikkita portlashni sodir etganlikda gumon qilinayotganlar asli qirg‘izistonlik chechen aka-ukalar bo‘lgan. Ikki gumonlanuvchidan biri juma kuni tongda politsiya bilan otishma paytida o‘ldirildi.

Bostondan olingan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, dushanba kuni marafon paytida ikkita portlashni sodir etib, uch kishini o‘ldirgan va 170dan ortiq odamni jarohatlanganlikdan gumonlanayotgan ikki shaxs asli qirg‘izistonlik chechen aka-ukalar bo‘lgan.

Huquq-tartibot idoralari vakillari gumonlanuvchilar aka-uka bo‘lganini ma‘lum qildi.

Associated Press agentligining xabar qilishicha, hozirda qochib yurgan gumonlanuvchi 19 yoshli Javhar Tsarnayevdir.

Ayni paytda New York Times gazetasi huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, o‘ldirilgan gumonlanuvchi shaxsini 26 yoshli Timurlan Tsarnayev, deb bermoqda.

Politsiya Boston portlashlariga aloqadorlikda gumon qilingan ikki shaxsdan biri juma kuni erta tongda otib o‘ldirilganini ma‘lum qildi.

Gumonlanuvchilarning ikkinchsi Boston yaqinidagi Uotertaun shaharchasida ro‘y bergan otishmalardan keyin qochib ketgan. Uni qidirish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda.

Boston politsiya boshlig‘i Ed Devis juma kuni ertalab jurnalistlar oldida qilgan chiqishida o‘ldirilgan shaxs "terrorchilardan biri ekaniga oid ishonch bor", deya bayon qildi.

Politsiyaning ma‘lum qilishicha, payshanba kuni Massachusets Texnologiya Instituti (MTI) oldida politsiyachi otib oldirilishidan keyin mashinani o‘g‘irlab qochgan.


Massachusets Shtati politsiya polkovnigi Tim Alben juma kuni jurnalistlar oldida qilgan chiqishida gumonlanuvchilarning ko‘rinishi, dushanba kuni Boston marafoni finish chizig‘i yonida ikkita portlashni amalga oshirgan deb ko‘rilayotgan ikki shaxsga doir fotosuratlarga to‘g‘ri kelishini ma‘lum qildi.

- Biz hozirda Boston marafoni portlashiga aloqadorlikda gumonlanayotganlarning ikkinchisi, ko‘rinishiga mos keluvchi shaxsni qidirmoqdamiz. U e‘lon qilingan rasmda oq rangdagi kepkada bo‘lgan,- dedi politsiya rasmiysi.

Vaziyat payshanba kuni Massachusets Texnologiya Instituti yonida politsiya zobiti otib o‘ldirilishidan keyin tez sur‘atda rivojlandi.

Politsiya polkovnigi Alben voqealar rivojini bunday tasvirladi.

- Politsiyachi institut binosi oldida otildi va natijada olagan jarohatlaridan vafot etdi. Undan keyin Kembrij shaharchasida Mercedes SUV rusumidagi mashina olib qochildi. Bu mashina keyinchalik Uotertaun shaharchasida aniqlandi va Uotertaun politsiyasi tomonidan ta‘qib qilindi. Politsiya bu yerdan uzoq bo‘lmgan aholi punktiga kirib bordi va u yerda Uotertaun politsiyasi bilan mashinadagi ikki gumonlanuvchi o‘rtasida otishma yuzaga keldi.

Albenning aytishicha, politsiya bilan to‘qnashuvda gumonlanuvchilarning biri otib, o‘ldirilgan.

- Ta‘qib davomida mashinadan politsiyachilarga qarata bir nechta portlovchi moslama tashlandi. Otishma paytida, o‘ylashimizcha, gumonlanuvchilardan biri o‘qdan yaralandi va oxir-oqibat qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilarning ikkinchisi voqea jyodan qochishga muvaffaq bo‘ldi va hozirda uni qidirib topish harakatlari davom etmoqda, deydi Massachusets politsyaisi vakili.

Jarohatlangan gumonlanuvchi qo‘lga olingach, shifoxonaga olib borilgan va u yerda jon taslim qilgan. Shifoxona vrachlaridan biri uning tanasida o‘q yaralari va portlashdan olingan jarohatlari bo‘lgan.

Huquq-tartibot idoralari hozirda voqea joyidagi uylarni birma-bir aylanib, ikkinchi gumonlanuvchini qidirish ishlarini davom ettirmoqda.

Mahalliy aholi uydan chiqmasdan o‘tirish va politsiyadan tashqari hech kimga eshik ochmaslikdan ogohlantirildi.

Federal tergov byurosi payshanba kuni Boston portlashlariga aloqadorlikda gumonlangan ikki shaxs fotosuratlari va video tasvirlarini e‘lon qildi.

Rasmiylarga ko‘ra, otib o‘ldirilgan shaxs ko‘rinishi suratda qora kepka kiygan yigitga o‘xshashdir.

Politsiya rasmiylarining ma‘lum qilishicha, payshanba kuni MTI yaqinida bezorilik sodir etilganiga javoban hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachiga qarata bir necha marta o‘q uzilgan.

Politsiya MTI yaqinidagi Uotertaun shaharchasida otishmaga aloqadorlikda gumonlanayotganlarni qidirish harakatlarini davom ettirmoqda.

Uotertaunda juma kuni erta tongda otishma va portlashlar ro‘y berganiga to‘g‘risida ko‘plab guvohlar gapirib bergani aytilmoqda.


Qo‘lga olingan shaxs payshanba kuni MTI oldida ro‘y bergan otishmaga aloqadormi, yo‘qmi hozircha noma‘lum qolmoqda.

MTI binosi Boston markazidan taxminan uch kilometr uzoqlikda joylashgan. Dushanba kuni Bostonda o‘tkazilgan marafon chizig‘i oldida ro‘y bergan ikkita portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lib, 170dan ortiq odam jarohatlandi.
XS
SM
MD
LG