Линклар

Boston meri Tom Menino 15 aprel kungi marafon chog‘ida portlash sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga olingan Javhar Tsarnayevni so‘roqqa tutish imkoniyati yo‘qqa chiqishi mumkinligini bildirdi. Merning aytishicha, marafon paytida terrorchilik xurujini amalga oshirganlikda gumonlanayotgan 19 yoshli Javhar Tsarnayevning ahvoli “juda og‘ir”.

Boston merining bayonoti Massachusets shtati gubernatori Patrik DevAlning Tsarnayev portlashga aloqador ekani ochiq-ravshanligi haqidagi ta‘kidi bilan deyarli bir paytda yangradi. DevAlga ko‘ra, Javhar Tsarnayev yo‘lakka portlash moslamasi joylashtirilgan xaltani tashlab, keyin xotirjam u yerdan ketganini kameralar qayd etgan.

Avvalroq prokurorlar Tsarnayevga ayblov e‘lon qilishga hozirlanayotgani bildirilgandi.

Portlash hodisasi bo‘yicha yana bir gumonlanuvchi Temirlan Tsarnayev o‘sha kuni politsiya ta‘qibidan qochib borayotgan chog‘ida o‘ldirilgan.

Aka-uka Tsarnayevlarning onasi Zubaydat o‘z o‘g‘illarining Boston portlashlariga aloqasi yo‘qligini, bu AQSh rasmiylari uyushtirgan shou ekanini aytgan.
XS
SM
MD
LG