Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:23

Sony shirkatiga hujum qilgan haker bir yilga qamaldi


Los-Anjeles sudi 2011 yilda Sony korporatsiyasiga uyushtirilgan kiber hujumda qatnashgan haker Endryu Kretsingerni bir yil qamoq jazosiga mahkum etdi.

Xabarlarga ko'ra, Kretsinger yirik korporatsiyalarga nisbatan kiber hujumlar amalga oshirgan LulzSec hakerlar guruhi a'zosi bo'lgani aytilmoqda.

Ushbu hakerlar guruhi 2011 yilning iyun oyida Sony shirkati tarmog'iga hujum qilib, u yerdagi 1 milliondan ortiq foydalanuvchilarga tegishli shaxsiy ma'lumot - login va parollar, elektron pochta manzillari va boshqa ma'lumotlarni o'girlagan edi.

Hujumdan so'ng LulzSec hakerlar guruhi o'zining Twitter sahifasida Sony tarmog'inining xavfsizligi “sharmandali” darajada ojish bo'lgani va uni "sindirish" katta kuch talab etmaganini yozgan.

Bir yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan haker Endryu Kretsinger ozod etilganidan so'ng ming soatlik axloq tuzatish ishlariga ham jalb etiladi.

Sony shirkatiga uyushtirilgan hujumda ayblanayotgan yana bir haker, Reynaldo Rivera aybni bo'yniga olgani va 250 ming AQSh dollariga teng jarimani to'lashga rozi bo'lgani aytilmoqda. Uning sudi 16 mayga belgilangan. Ayblovchi taraf hakerni 5 yillik qamoq jazosiga tortishni so'ramoqda.
XS
SM
MD
LG