Линклар

logo-print
Afg‘oniston va Xalqaro koalitsiya kuchlari Balx viloyatining Balx tumanida shanba kuni birgalikda o‘tkazgan amaliyotda O‘zbekiston Isloimy Harakatining (O‘IH) nufuzli lideri o‘ldirildi.

NATO yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari 21 aprel kuni e‘lon qilgan bayonotda O‘IH ning nufuzli liderlaridan biri hisoblangan Fido Muhammad 20 aprel kungi amaliyot paytida o‘ldirilgani ma‘lum qilingan.

Bayonotda Fido Muhammad mart oyida Balx viloyati hokimi va hukumatning boshqa rasmiylariga qarshi rejalagan xudkush hujum muvaffaqiyatsizlikka uchragani bildirilgan.

Shuningdek, Fido Muhammad O‘IH va toliblar bilan birga hujumlar uyushtirishni muvofiqlashtirish bilan ham shug‘ullangan.

Khaama.com Internet gazetasi xabariga ko‘ra, Umar nomi bilan ham tanilgan Fido Muhammad ancha vaqtdan beri Afg‘onistondagi tinch aholi, xavfsizlik kuchlari va koalitsiya harbiylariga qarshi hujumlarni rejalagan.
XS
SM
MD
LG