Линклар

logo-print
Bugun, 23 aprel kuni Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida o‘z maydonida Yaponiyaning “Sanfrechche Hirosima” jamoasini qabul qiladi.

O‘yin “Bunyodkor” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. Unda “qaldirg‘ochlar” oq libosda, mehmon jamoa esa to‘q qizil rangli formada maydonga tushadi.

23 aprel kuni Mirjalol Qosimov shogirdlari bellashayotgan “G” guruhidagi ikkinchi juftlik uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi. Unda Xitoyning “Beytzin Guoan” jamoasi zz uyida Janubiы Koreyaning “Pohang Stilers” jamoasiga qarshi bellashadi.

Ayni damda “Bunyodkor” klubi to‘rt o‘yindan so‘ng 8 ochko to‘plagan holda OChLning “G” guruhida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onadan 6 ochko jamg‘argan “Pohang Stilers” o‘rin olgan.
XS
SM
MD
LG