Линклар

AQSh Adliya departamenti Boston marafoni chog‘ida portlash sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga olingan Johar Tsarnayevga ommaviy qirg‘in qurolini ishlatganlik aybini qo‘yilganini ma‘lum qildi.

Agar aybi isbotlansa, 19 yoshli Tsarnayev o‘lim jazosiga mahkum etilishi mumkin.

Adliya departamentining dushanba kuni e‘lon qilgan bayonotida aytilishicha, Johar Tsarnayev kuchli portlovchi moddalar yordamida boshqalarning mulkiga atayin ziyon yetkazganlikda ham ayblanmoqda.

Avvalroq xabar berganimizdek, hibsga olish amaliyotida jarohat olgan Johar Tsarnayev ayni damda og‘ir ahvolda Boston kasalxonalarining birida saqlanmoqda.

Johar va uning akasi Temirlan Tsarnayevlar 15 aprel kuni Bostonda ikki portlash uyushtirganlikda ayblanmoqda. Portlashlarda 3 kishi, jumladan, 8 yoshli bolakay halok bo‘lgan, 173 kishi jarohat olgan edi.

Temirlan Tsarnayev o‘sha kuni politsiya ta‘qibidan qochib borayotgan chog‘ida o‘ldirilgan.

Dushanba kuni Boston va Massachussets shtatidagi qator shaharlarda portlashlar qurbonlari bir daqiqalik sukut bilan xotirlandi.
XS
SM
MD
LG