Линклар

Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi seshanba kuni Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida o‘z maydonida Yaponiyaning “Sanfrechche Hirosima” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

“Bunyodkor” stadioniga kelgan muxlislar deyarli teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuv guvohiga aylanishdi.

O‘yin davomida ikkala jamoada ham bir nechta gollik vaziyatlar bo‘ldi, biroq shunga qaramay, darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.

23 aprel kuni Mirjalol Qosimov shogirdlari bellashayotgan “G” guruhidagi ikkinchi juftlik uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Unda Xitoyning “Beytszin Guoan” jamoasi o‘z uyida Janubiy Koreyaning “Pohang Stilers” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Bunyodkor” klubi 5 o‘yindan so‘ng 9 ochko to‘plagan holda guruhdagi peshqadamlikni saqlab qoldi. Ikkinchi pog‘onaga 8 ochko jamg‘argan “Beytszin Guoan” jamoasi ko‘tarildi.
XS
SM
MD
LG