Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:35

Hakerlar Barak Obama yaralangani haqida yolg‘on ma‘lumot tarqatdi


Seshanba kuni hakerlar Associated Press axborot agentligi Tvitter sahifasini buzib kirib, u yerda Oq Uyda portlash bo‘lgani va unda prezident Barak Obama jarohat olgani haqida yolg‘on ma‘lumot tarqatishdi.

Ushbu ma‘lumot chop etilgandan bir necha daqiqa o‘tib axoborot agentligi Tvitterdagi sahifasi hujumga uchraganini ma‘lum qildi va sahifani vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.

Oq Uy matbuot kotibi Jey Karney jurnalistlar bilan uchrashuvda prezident Barak Obama sog‘lig‘i joyida ekanini bildirdi.

Nufuzli axborot agentligining Tvitter sahifasidagi yolg‘on xabar AQSh birjasida narxlarning vaqtincha tushishiga sabab bo‘ldi.

Kiber-hujum mas‘uliyatini Suriya elektron armiyasi nomli hakerlar guruhi o‘z zimmasiga oldi.
XS
SM
MD
LG