Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 01:18

"Barselona" yirik hisobda "Bavariya"ga mag'lub bo'ldi


Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi Yevropa Chempionlar ligasi yarim finali dastlabki uchrashuvida Germaniyaning "Bavariya" jamoasiga yirik 4:0 hisobida mag'lub bo'ldi.

Myunxenda o'tgan uchrashuvdagi ilk golga 25-daqiqada Tomas Myuller mualliflik qildi. O'yinning 49-daqiqasida Mario Gomes mezbonlar ikkinchi golini kiritdi. 73-daqiqada Aryen Robben hisobni 3:0 ga o'zgartirdi. O'yin asosiy vaqti tugashiga 8 daqiqa qolganda Tomas Myuller dubl ijro etib, hisobni 4:0 yetkazdi.

Jamoalar ishtirokidagi javob uchrashuvi 1 may kuni "Barselona" maydoni "Kam Nou"da bo'lib o'tadi.


Bugun, 24 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining ikkinchi juftligi dastlabki yurim final uchrashuvini o'tkazadi. Unda Germaniyaning "Borussiya" jamoasi o'z maydonida Ispaniyaning "Real Madrid" jamoasini qabul qiladi.
XS
SM
MD
LG