Линклар

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari kunduzi chegarani buzayotgan fuqarolarga nisbatan o‘qotar qurol qo‘llamaslik haqida kelishib oldi.

Bu haqda Qirg‘iziston Chegara xizmati rahbari Toqon Mamitov 24 aprel kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida ma‘lum qildi.

“Avvallari qo‘shni davlat chegarachilari chegarabuzar qirg‘izistonliklarni o‘z hududlarida qirg‘iz tomoniga ma‘lum qilmasdan javobgarlikka tortar edi, bundan buyon esa chegarabuzar fuqaro Qirg‘izistonga topshiriladi”, dedi Toqon Mamitov.

Qirg‘iziston Chegara xizmatining bildirishicha, o‘zbek-qirg‘iz chegarasida uch yil mobaynida 102 ta, qirg‘iz-tojik chegarasida esa 62 ta qonunbuzarlik ro‘yxatga olingan.
XS
SM
MD
LG