Линклар

Dortmundning "Borussiya" futbol klubi Yevropa chempionlar ligasining yarim finali dastlabki uchrashuvida Madridning "Real" jamoasi ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozodndi.

24 aprel kuni Dortmundda o'tgan o'yinda mezbonlar hujumchisi Robert Levandovski jamoasining barcha gollariga mualliflik qilib, pokerga erishdi. "Real" hisobidagi yagona golni esa Krishtianu Ronaldu ijro etdi.

Shunday qilib, 24 yoshli polshalik hujumchi Robert Levandovski Yevropa Chempionlar ligasi tarixida bir o'yinda to'rtta gol kiritgan to'qqizinchi futbolchiga aylandi.

Levandovskigacha bunday natijani Marko van Basten, Simone Indzagi, Dado Prsho, Rud van Nistelroy, Andrey Shevchenko, Lionel Messi, Bafetimbi Gomis va Mario Gomeslar ko'rsatishgan.

"Borussiya" va "Real" o'rtasidagi yarim final javob uchrashuvi Madridda 30 aprel kuni bo'lib o'tadi.

Avvalroq Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining ikkinchi juftligi uchrashuvi haqida xabar bergan edik. Unda Myunxenning "Bavariya" jamoasi 23 aprel kuni o'z maydonida "Barselona" jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etgan edi.

"Bavariya" va "Barselona" o'rtasidagi yarim final javob uchrashuvi esa "Kamp Nou" stadionida 1 may kun bo'lib o'tadi.

"Borussiya" - "Real Madrid" 4:1
XS
SM
MD
LG