Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:42

Putin migrantlar kiradigan yo‘lni toraytirmoqchi


Prezident Putin 25 aprel kuni rossiyaliklar savollariga javob berdi.
Prezident Putin 25 aprel kuni rossiyaliklar savollariga javob berdi.

25 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 da Rossiya Prezidenti Vladimir Putin fuqarolar bilan bevosita muloqotga chiqdi va rossiyaliklar savollariga javob berdi. Kuzatuvchilar bir ovozdan 4 soat 50 daqiqa atrofida davom etgan Rossiya xalqi bilan teleuchrashuv ilgarigidek qiziqarli o‘tmaganini ta‘kidlamoqda.

Jonli telealoqaga chiqqan Vladimir Putin Rossiya fuqarolari bilan 11-chi marotaba bilan savol-javob qildi. Jo‘natilgan savollar asosan uy-joy, kommunal xo‘jalik masalalari, ta‘lim-tarbiya, madaniyat, mamlakat iqtisodiy holati, korruptsiya va siyosat muammolariga bag‘ishlandi.

Muloqot tashkilotchilari efir boshlanmasidan oldin Rossiyaning turli o‘lkalaridan 1,5 million savol jo‘natilganini xabar qildi. Teleintervьyu davomida Putin Rossiyaning turli shaharlaridan unga murojaat qilgan rossiyaliklar savollariga javob berdi.

Intervyu Rossiyaning “Birinchi”, "Rossiya 1", "Rossiya 24" telekanallari, shuningdek, "Mayak", "Radio Rossii" va "Vesti FM" radiostantsiyalari orqali efirga uzatildi.

Rossiya Prezidenti sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin bilan bo‘lgan muloqot davomida oxirgi paytda Rossiyada tarqagan mish-mishlarga chek qo‘yib, Medvedev kabinetini iste‘foga chiqarish niyati yo‘qligini aytdi.

Magnitogorskdan muloqotda ishtirok etganlardan biri Putindan maktablarda hijob kiyish to‘g‘risida savol berdi. Vladimir Putin maktablarda hijob kiyilishiga mutlaqo qarshi ekanini bildirib, negadir “hijob kiyish ayrim musulmon mamlakatlarida ham taqiqlangan”, dedi. U Rossiya maktablariga maktab formasi qaytarilishi kerakligini uqtirdi.

“Nezavisiyamaya gazeta” bosh muharriri Konstantin Remchukov “Rossiyaning G‘arb mamlakatlari bilan normal munosabatlarda bo‘lishi Rossiya foydasigadir, deb o‘ylayman. Obama bilan o‘zaro ishonchni tiklashga qaratilgan kompleks choralarni muhokama qilish vaqti yetib kelmadimikin?”, deb Putinga murojaat qildi.

- Munosabatlarning yomonlashishi Iroqdan boshlandi, o‘shanda bizni bu hodisalarga faol qo‘shilishga chorlashdi, biz esa bu qadam xato ekanini gapirdik. Shundan oramizda sovuqchilik boshlandi. Ularning o‘z o‘lchovlari, bizning o‘z o‘lchovlarimiz bor. Bizda ularning me‘yorlarini joriy qilishning iloji yo‘q. Lekin bu o‘zaro munosabatlarni tiklash yo‘llarini izlash kerak emas, degani emas. Axir “Magnitskiy ro‘yxatini” biz qabul qilmadik-ku... Qolaversa, ular biz javob bermaymiz, deb o‘yladi. Ular Kongressni boshqarib bo‘lmaydi, bizning parlament esa “qo‘g‘irchoq parlament”, deb hisoblashadi, dedi Rossiya prezidenti.

Savol berganlarning ko‘pchiligi savol o‘rniga o‘zlarining Rossiya siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga oid takliflarini ilgari surdi. Yozuvchi Aleksandr Proxanov davlatda ijtimoiy va moddiy tengsizlik avj olib borayotganini gapirib, sanoqsiz saroylaru boyliklarga ega oligarxlarga qo‘shimcha soliq solish vaqti yetib kelmadimikin, dedi.

Ayni paytda, Rossiya prezidenti bilan muloqotda fuqarolar muxolifatning bugungi ahvoliga qiziqish bildirdi.

Jumladan, teleintervьyuning 3- soati boshlanishida nihoyat kimdir Kirov shahrida sud qilinayotgan muxolifat liderlaridan biri va korruptsiyaga qarshi blogger Aleksey Navalniyning taqdiriga prezidentning e‘tiborini qaratdi.

Bunga javoban, Rossiya prezidenti “”O‘g‘rini ushla!” deb baqirayotganlar o‘zlari o‘g‘irlik qilmasliklari kerak”, dedi.

- Korruptsiyaga qarshi kurashayotgan odamlar o‘zlari toza bo‘lishi kerak. Men bu masala yuzasidan tergov ob‘ektiv bo‘lishi kerakligiga Bosh prokuratura e‘tiborini qaratdim, dedi Vladimir Putin.

Shuningdek, u muxolifat bilan muloqotda ekanini gapirib, ularni madaniy fikr almashuviga chaqirdi. “Shunchaki, safsata sotish har kimning ham qo‘lidan keladi”, deb qo‘shimcha qildi u.

Aytish joyizki, Rossiya prezidenti Moskvada savol-javob qilayotgan bir paytda Kirovda ikkinchi kundirki, muxolifatchi Navalniy ustidan sud mahkamasi bo‘lib o‘tmoqda.

Muloqot chog‘ida ko‘pchilikning esida qolgan savollardan birini “Exo Moskvi” bosh muharriri Aleksey Venediktov berdi. Venediktov Putinning Stalinga bo‘lgan munosabati va nega u Rossiyani “stalincha usullar” bilan boshqarishga intilayotganiga qiziqdi.

Vladimir Putinga ko‘ra, "Rossiyada na Stalinizm, na shaxsga sig‘inish alomatlari bor". Mujmal javob berganini o‘zi ham his etgan Rossiya rahbari gapni nodavlat-notijorat tashkilotlari va ularga bo‘layotgan bosim masalasiga burdi. “Biz ularga ishlashni taqiqlamayapmiz , lekin ular qayerdan va qancha pul olayotganini bilishni istaymiz”, deya javob berdi va "bunday qonun 1938 yilda AQShda ham qabul qilingan" dedi.

Muloqot chog‘ida Putin Boris Berezovskiy haqida savollarga javob berar ekan, undan haqiqatan ikkita maktub olgani, unda Londonda qo‘nim topgan oligarx prezidentdan kechirim so‘ragani va Berezovskiyning Rossiyada dafn etilishiga qarshi emasligini aytdi.

Vladimir Putin, kutilganidek, ko‘plab rossiyaliklarni qiziqtirayotgan migratsiya va migrantlar masalalariga oid savollarga qisqa qilib bunday javob berdi.

- Men ham markaziy osiyolik fuqarolarning Rossiya Federatsiyasiga kirishiga oid talablarning qat‘iylashishi tarafdoriman. 2015 yilgacha bu mamlakatlar xorij pasportlarini chop etib tarqatishga ulgurishi kerak, dedi Rossiya prezidenti.
XS
SM
MD
LG