Линклар

logo-print
Bishkekda tilanchilik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik uch nafar fuqaro aniqlandi.

25 aprel kuni militsiya tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida tilanchilik qilgan O‘zbekiston fuqarolari - Bishkek yaqinidagi Novopokrovka qishlog‘ida istiqomat qiluvchi erkak kishi va uning 5 yashar o‘g‘li, Bishkekdagi qarindoshlarinikiga uch kun avval kelgan homilador ayol va 15 yashar o‘smir ekani aniqlandi.

Bundan tashqari, Tojikiston fuqarosi bo‘lgan uch ayol ham tilnachilik qilayotgani aniqlangan. Ulardan biri 10 yashar nabirasini tilanchilikda foydalangan va yana bir ayol 10 oylik go‘dagi bilan gadoychilik qilgan.

Bishkek militsiyasi qo‘lga olinganlarning shaxsi aniqlanib, ularni deportatsiya qilish yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilayotganini bildirdi.
XS
SM
MD
LG