Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:11

Tsarnayevlar Nyu Yorkda ham portlashlarni rejalashtirishgan


Nyu York meri Maykl Blumberg Boston marafoni paytida portlashlarni uyushtirgan shaxslar Nyu Yorkning Taym skver mavzesida ham terrorchilik harakatlarini rejalashtirganini ma‘lum qildi.

Payshanba kuni matbuot anjumani o‘tkazgan Blumbergning aytishicha, Boston portlashlarida gumonlanib qo‘lga olingan Johar Tsarnayev tergov davomida akasi Temirlan bilan Bostonda portlatilmay qolgan bombalarni Nyu Yorkda portlatishni rejalashtirganliklarini aytib bergan.

Politsiyaning xabar berishicha, aka-uka Tsarnayevlar ixtiyorida yana beshta qo‘lbola bomba bo‘lgan.

15 aprel kuni Bostonda 20 mingdan ortiq odam ishtirok etgan xalqaro marafon paytida bomba portlashi oqibatida uch odam halok bo‘lgan va 260 odam yaralangan edi. Portlashlarda gumonlangan aka-uka Tsarnayevlarning kattasi Temirlan oradan ikki kun o‘tib politsiya tomonidan qo‘lga olish amaliyoti chog‘ida otib o‘ldirilgan. Johar Tsarnayev esa 18 aprel kuni qo‘lga olingan edi.
XS
SM
MD
LG