Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:21

YeI o‘zbek yozuvchisining ozodlikka chiqarilganini olqishladi


YeI Tashqi ishlar vaziri Toshkentda o‘zbekistonlik huquq faollari va nohukumati tashkiloti vakillari bilan uchrashmoqda.
YeI Tashqi ishlar vaziri Toshkentda o‘zbekistonlik huquq faollari va nohukumati tashkiloti vakillari bilan uchrashmoqda.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi taniqli yozuvchi Mamadali Mahmudovning qamoqdan ozod etilishini olqishladi. O‘zbek yozuvchisining 14 yillik qamoq ortidan ozod etilishi Toshkent hukumati bilan olib borilgan muloqot samarasi ekani ta‘kidlanmoqda.

Yevropa Ittifoqi missiyasi rahbari nomidan e‘lon qilingan bayonotda rasmiy Bryussel kelajakda ham O‘zbekiston hukumatidan shunday ijobiy amallarni kutishi, jumladan O‘zbekiston qamog‘idagi boshqa faollar, jurnalistlar va muxolifatchilarning ham ozodlikka chiqarilishini ta‘kidlangan.

Yevropa Ittifoqining missiyasi o‘zbek yozuvchisining 14 yillik qamoq ortidan ozod etilishi Toshkent hukumati bilan olib borilgan muloqot samarasi ekanini ta‘kidlamoqda.

YeI rasmiylariga ko‘ra, O‘zbekistonda inson huquqlari vaziyatini yaxshilash yo‘lidagi ishlar bundan buyon ham davom ettiriladi.

1999 yilda Toshkentda yuz bergan portlashlarga aloqadorlikda ayblanib, 14 yillik qamoq jazosiga hukm etilgan yozuvchi Mamadali Mahmudov o‘tgan hafta kutilmaganda ozodlikka chiqarildi.

Hyuman Rayts Uotch xalqaro inson huquqlari tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov Ozodlik bilan suhbatda "bir mahbusning ozodlikka chiqarilishi O‘zbekistondagi inson huquqlari bilan bog‘liq umumiy vaziyatining yaxshilanganini anglatmaydi", deb bildirdi.

- Bir mahbusning ozod etilishi O‘zbekistondagi ahvol yaxshilanganini anglatmaydi. Xalqaro hamjamiyat o‘zbek hukumatidan barcha siyosiy mahbuslarni ozod etishni talab etmog‘i kerak. O‘zbekistondagi hukumat siyosiy mahbuslarni ozod etishi kifoya emas, ularning qamoqqa tashlanishi noqonuniy bo‘lganini ham tan olib, avvalgi faoliyatini davom ettirishlariga ruxsat berilishi kerak, - deydi Sverdlov.

Hyuman Rayts Uotch tashkilotiga ko‘ra, hozir O‘zbekiston qamoqxonalarida kamida o‘n nafar huquq faoli va jurnalist bor.

Solijon Abdurahmonov, A‘zam Farmonov, Nozim Isoqov, G‘aybullo Jalilov, Abdurasul Xudoynazarov, G‘anixon Mamatxonov, Yo‘ldosh Rasulov, Dilmurod Saidov, A‘zam Turg‘unov kabi jurnalist va huquq himoyachilari shular jumlasidan.

O‘n uch yillik qamoq jazosini o‘tab, o‘tgan yil fevral oyida ozodlikka chiqishi kerak bo‘lgan 58 yoshli siyosiy mahbus Muhammad Bekjonning jazo muddati bir yil avval 4 yil 8 oyga uzaytirildi.

Jurnalist Yusuf Ro‘zimurodov ham sog‘lig‘i yomonlashganiga qaramay, 14 yildan buyon qamoqda qolmoqda.
XS
SM
MD
LG