Линклар

Facebook ijtimoiy tarmog'i asoschisi Mark Zukerberg bir yillik maoshi 1 AQSh dollariga teng top-menejerlar klubi a'zosiga aylandi. Bu haqda Facebook shirkatining AQSh qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasiga topshirgan molioviy hujjatlarida aytiladi.

Biroq, hujjatga ko'ra, 1 dollarlik maosh Zukerberg cho'ntagiga katta ta'sir o'tkazmaydi, chunki u Facebook shirkati aksiyalaridagi o'z ulushidan tushgan dividendlar hisobiga qiyinchiliksiz yashay oladi.

Dunyodagi eng yosh milliarderlardan biri hisoblanmish 28 yoshli Mark Zukerberg 2012 yilda Facebook shirkatida 500 ming dollar maosh bilan birga jami 266 ming dollarlik bonus ham olgan.

Bundan tashqari, Facebook asoschisinining avia qatnovlari va shaxsiy tansoqchilari uchun 1,2 million dollar sarflangan.

Shunda bo'lsa-da, 2012 yilda Zukerberg o'zi asos solgan ijtimoiy tarmoqda eng ko'p maosh olgan top-menejerlar uchtaligiga kirmadi.

Qimmatli qog'ozlar bo'yicha mutahassislarga ko'ra, Mark Zukerbergning yillik maoshidan voz kechishi va dividendlar hisobiga yashashi uning ish faoliyatiga ijobiy ta'sir o'tkazishi mumkin. Chunki uning shirkati qancha unumli ishlasa, dividendlar miqdori ham shuncha ko'p boladi, deydi mutahassislar.

Bir yilda 1 dollar maosh oladigan top-menejerlar orasida Google rahbarlari Larri Peyj va Erik Smidt ham bor.

Mark Zukerberg 2004 yilda universitet yotoqxonasida turib Facebook ijtimoiy tamog'iga asos solgan. Bugungi kunda ushbu tarmoq foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshdi. 2013 yilgi ko'rsatkichlarga ko'ra, Mark Zukerberg boyligi 13,3 milliard AQSh dollariga teng.
XS
SM
MD
LG