Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:05

OChL: "Bunyodkor" jamoasi "Pohang Stilers" klubi mehmoni


Bugun, 30 aprel kuni Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turi doirasida Janubiy Koreyaning “Pohang Stilers” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

O‘yin “Pohang stilyard” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi. Unda “qaldirg‘ochlar” oq libosda, mezbon jamoa esa qizil-qora formada maydonga tushadi.

30 aprel kuni Mirjalol Qosimov shogirdlari bellashayotgan “G” guruhidagi ikkinchi juftlik uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi. Unda Yaponiyaning “Sanfrechche Hirosima” jamoasi o‘z uyida Xitoyning “Beytzin Guoan” jamoasiga qarshi bellashadi.

Guruhning so‘nggi tur o‘yinlarida “Bunyodkor”ning pley-off bellashuvlariga chiqish yoki chiqmasligi aniqlanadi.

Ayni damda “Bunyodkor” klubi besh o‘yindan so‘ng 9 ochko to‘plagan holda OChLning “G” guruhida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onadan 8 ochko jamg‘argan “Beytzin Guoan” jamoasi o‘rin olgan.
XS
SM
MD
LG