Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:20

Praga markazida ro‘y bergan portlashda 35 odam jarohat oldi


Chexiya Respublikasi poytaxti Praga markazida dushanba kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 10da ro‘y bergan kuchli portlash oqibatida 35 odam jarohat oldi. Politsiya prtlashga gaz sizib chiqqani sabab bo‘lganini bildirdi.

Portlash Praga makazidagi Milliy Teatr yaqinida, Vltava daryosiga yaqin bo‘lgan binoda sodir bo‘ldi.

Qutqaruvchilar shikastlangan bino ichida qolib ketgani taxmin qilinayotgan odamlarni qidirish ishlarini davom etayotganini bildirdi.



Portlash natijasida atrofdagi binolarning deraza oynalari chil-parchin bo‘lgan.

Kuchli portlash ovozi bir kilometr narida ham eshitilgan.

Portlash ro‘y berganidan keyin voqea joyiga tez yordam va o‘t o‘chiruvchi mashinalar yetib bordi.



Voqea joyiga yaqin bo‘lgan maktab evakuatsiya qilindi.

Narodni trida mavzesida transport qatnovi to‘xtatib qo‘yildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 15:15da jurnalistlar uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida Praga politsiyasi boshlig‘i portlashga gaz sizib chiqqani sabab bo‘lganini tasdiqladi.



Politsiya boshlig‘i portlashda 35 odam, jumladan, ikki nafar Qozog‘iston, ikki nafar Portugaliya, bir nafar Germaniya va bir nafar Slovakiya fuqarosi jarohat olganini qo‘shimcha qildi.

Soat 16 da portlash ro‘y bergan mintaqada transport qatnoviga ruxsat berildi.
XS
SM
MD
LG