Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:54

OChL: "Bunyodkor" pley-off bosqichiga chiqdi


Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, pley-off bahslariga yo‘llanma oldi.

Seshanba kuni guruh bosqichining so‘nggi turi doirasida toshkentliklar Janubiy Koreyaning “Pohang Stilers” jamoasi mehmoni bo‘lishdi.

Hujumlarga boy o‘tgan o‘yinda 1:1 hisobidagi durang natijasi qayd etildi. Gollarga “Bunyodkor”dan Oleksandr Pishur ('79), “Pohang Stilers”dan Park Xo Syong ('90+2) muallifliflik qildi.



Mirjalol Qosimov shogirdlari bellashgan “G” guruhidagi ikkinchi juftlik – “Sanfrechche Hirosima” va “Beytszin Guoan” jamoalari o‘rtasida o‘tgan o‘yin 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

Shunday qilib, 6 o‘yinda 10 ochko to‘plagan “Bunyodkor” “G” guruhida peshqadamlikni saqlab qoldi va Osiyo Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bugun, 1 may kuni Toshkentning yana bir jamoasi - “Paxtakor” Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. Toshkentliklar o‘z maydonida BAAning “Al Shabab” jamoasini qabul qilishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Ushbu o‘yinda “Paxtakor”ning pley-off bosqichiga chiqish yoki chiqmasligi aniq bo‘ladi.
XS
SM
MD
LG