Линклар

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Apple shirkatining 100 million dollarlik aksiyalarini sotib olgan.

–Stiv Jobs o‘limidan keyin ham men bu shirkat kelajagiga ishonaman, deb ta‘kidladi 59 yoshli milliarder.

Apple aksiyalari narxi so‘nggi bir necha oy davomida 40 foizga arzonlashib ketdi.

Dushanba kungi savdolarda Apple aksiyalarining donasi 430 dollardan baholandi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, bu korchalonlar uchun Apple’ning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish uchun yaxshi fursatdir.

Ammo Usmonov kompyuter giganti aktsiyalarini qachon sotib olganini aytmadi.

Joriy yilning aprel oyida Forbs jurnali Alisher Usmonovni Rossiyaning eng badavlat insoni, deb e'lon qilgan edi.

Dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida esa 58 yoshli milliarder hozirda 35-o‘rinni egallab turibdi. Uning boyligi 17,7 milliard dollarga teng ekani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG