Линклар

logo-print
Germaniyaning "Bavariya" futbol klubi chorshanba kuni mehmonda Ispaniyaning "Barselona" jamoasini 0:3 hisobida mag'lub etdi va Yevropa Chempionlar ligasi finaliga yollanmani qo'lga kiritdi.

"Nou Kamp"da o'tgan o'yinda hisob 48-daqiqada Aryen Robben tarafidan ochildi. 72-daqiqada "Barselona" himoyachisi Jerar Pike ijrosidagi avtogol hisobni 0:2 ga yetkazdi. Uchinchi gol esa to'rt daqiqadan so'ng, 76-daqiqada Tomas Myuller tarafidan kiritildi.

Myunxenda o'tgan Yevropa Chempionlar ligasi yarim finali dastlabki uchrashuvida ham "Bavariya" jamoasi "Barsa" ustidan 3 gollik farq bilan - 4:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Shunday qilib, 25 may kuni Londonning "Uembli" stadionida o'tadigan Yevropa Chempionlar ligasi-2013 finalida Germaniyaning ikki klubi - Dortmundning "Borussiya" va Myunxenning "Bavariya" jamoalari to'qnashadi.

"Barselona" - "Bavariya" 0:3
XS
SM
MD
LG