Линклар

logo-print
AQSh tomoni Bishkek yaqinida halokatga uchragan KS-135 uchog‘i uchuvchilarining jasadlarini Qirg‘izistonda ekspertiza qilinishiga rozilik berdi.

Bu haqda Qirg‘iziston Transport prokuraturasi rahbari Qubanichbek Mamakeyev bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, bortida uch pilot bo‘lgan KC-135 rusumidagi yonilg‘i quyuvchi uchoq juma kuni Bishkekdan taqriban 160 chaqirim narida joylashgan Chaldibar qishlog‘i yaqinida qulagan edi. Halokat natijasida har uchchala uchuvchi nobud bo‘lgan.

- Noxush hodisaga uch narsa, jumladan, inson omili, texnik nosozlik va yonilg‘i sifatining yomonligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, - dedi Qirg‘iziston Transport prokuraturasi rahbari.

Aviahalokat sabablarini tekshirish uchun Qirg‘iziston hukumati qoshida maxsus komissiya tuzilgan hamda unga transport va aloqa vaziri rahbar etib tayinlangan. Mazkur komissiya majlisida aviahalokatni tekshirish ishlari bilan, respublika qonunchiligiga muvofiq, Qirg‘iziston tomoni shug‘ullanishi haqida qaror olingan.
XS
SM
MD
LG