Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:18

Afg‘onistonda NATOning sakkiz askari halok bo‘ldi


Afg‘onistonda ro‘y bergan uchta voqeada NATOning sakkiz askari, jumladan, AQShning yetti harbiysi halok bo‘ldi.

Bu so‘nggi oylarda xalqaro koalitsiya kuchlari bir kunda eng ko‘p talafot ko‘rgan voqea bo‘ldi.

Rasmiylarga ko‘ra, Qandahor viloyatida yo‘l chetiga o‘rnatilgan bomba portlagani oqibatida amerikalik 5 askar o‘lgan.

Farah viloyatida amerikalik ikki askar Afg‘oniston armiyasi askari kiyimdagi shaxs o‘t ochgani oqibatida nobud bo‘lgan.

Ushbu hujum uchun mas‘uliyatni toliblar o‘z zimmasiga oldi.

Assosieyted press axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu so‘nggi bir yil davomida bir kun ichida amerikalik yetti harbiy halok bo‘lgan uchinchi voqeadir.

Ayni paytda, Afg‘oniston shimolida isyonchilar uyushtirgan hujumda xalqaro koalitsiya kuchlarining bir askari o‘lgan.

5 may kuni Berlinda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Germaniya Mudofaa vaziri Tomas de Mayziyer Afg‘onistonda bir nafar nemis askari halok bo‘lganini ma‘lum qildi.

- Ancha vaqtdan beri, men yana Germaniya jamoatchiligiga kecha Afg‘onistonda bir nemis askari halok bo‘lganini ma‘lum qilmoqchiman. Askarning bir necha do‘stlari ham yaralangan. Bu juda qayg‘uli va bu xabar hammamizni dahshatga soldi, dedi Germaniya Mudofaa vaziri.
XS
SM
MD
LG