Линклар

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Ispaniyada o‘tayotgan Madrid Open xalqaro tennis turnirining ikkinchi turiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Birinchi turda 26 yoshli Istomin belgiyalik tennischi Ksavye Maliss bilan uchrashdi. Ikki set davom etgan uchrashuvda Istomin 6:3, 6:2 hisobida g‘olib bo‘ldi.

Ikkinchi turda o‘zbekiston birinchi raketkasi dunyo tennischilar reytingida to‘rtinchi o‘rinda bo‘lgan ispaniyalik David Ferrerga qarshi kortga tushadi.

Madrid Open xalqaro tennis turnirining mukofot fondi 3,3 million yevroni tashkil etadi.

Ushbu turnirda taniqli tennischilar Novak Jokovich, Rojer Federer va Rafael Nadallar ham ishtirok etmoqda.
XS
SM
MD
LG