Линклар

logo-print
AQSh Mudofaa vazirligi Qirg‘izistonda yuz bergan avihalokatda halok bo‘lgan uch nafar AQSh harbiysi nomlarini e‘lon qildi.

Ular 27 yashar koloradolik kapitan Mark Voss, 27 yashar kaliforniyalik kapitan Viktoriya Pikni va 30 yashar kaliforniyalik texnik-serjant German Maki ekani aytilmoqda.

Bortida uch pilot bo‘lgan KC-135 rusumidagi havoda yonilg‘i quyuvchi uchoq 3 may kuni Bishkekdan taqriban 160 chaqirim narida joyashgan Chaldibar qishlog‘i yaqinida qulagan edi.

Aviahalokat sabablarini tekshirish uchun Qirg‘iziston hukumati qoshida maxsus komissiya tuzilgan hamda unga transport va aloqa vaziri rahbar etib tayinlangan.
XS
SM
MD
LG