Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:49

Bugun O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuni


9 may O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanmoqda.

Mazkur kun arafasida O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Ikkinchi jahon urishi faxriylarining har biriga 500 ming so‘m miqdorida bir martalik mukofot puli berildi.

Ulug‘ Vatan urushi davrida O‘zbekistonda yashagan 6,5 million aholining 1,5 millioni frontga ketgan, ulardan 420 mingi qaytib kelmagan, 640 ming nafari yaralangan. 120 ming o‘zbekistonlik orden va medallar bilan taqdirlangan. Jumladan, 338 nafar o‘zbekistonlik Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.

Urush yillarida O‘zbekiston xavfli hududlardan evakuatsiya qilingan 1,5 million kishi uchun boshpana bo‘lgan.

8 may kuni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov MDHga a‘zo mamlakatlar davlat rahbarlariga 9 may - fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 68 yilligi munosabati bilan o‘z tabriklarini yo‘lladi.
XS
SM
MD
LG