Линклар

Britaniyadagi “Save The Children” xalqaro tashkiloti chiqargan yangi hisobotga ko‘ra, har yili dunyoda 1 milliondan oshiq bola tug‘ilishi bilan o‘ladi.

176 mamlakatdagi bolalar o‘limi xolatlari tadqiq etilgan mazkur hisobotda O‘zbekiston 105 - o‘rinda.

Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekistonda har ming bolaning beshtasi tug‘ilganidan sal o‘tmay olamdan o‘tadi. Dunyoga kelganidan so‘nggi 30 kun mobaynida ro‘y beradigan bolalar o‘limi hollari esa O‘zbekistonda har ming bolaga 15tani tashkil etadi.

“Save The Children” hisobotiga ko‘ra, bola tug‘ish uchun dunayodagi eng yaxshi mamlakat Finlyandiya.

Kongo, Afg‘oniston, Efiopiya, Pokiston, Tanzaniya, Xitoy Indoneziya, esa aksincha, onalar uchun eng yomon mamlakatlardir.

Dunyodagi bolalar o‘limi bilan bog‘liq o‘tgan yildagi xolatlarning uchdan ikki qismi shu mamalakatlarda qayd etilgan.
XS
SM
MD
LG